Alert triage 24/7
Fayl biriktirilgan har qanday EDR/SIEM/Email alerti soniyalar ichida avtomatik tahlil qilinib, yopiladi yoki eskalatsiya qilinadi.
Intezer har bir bajariluvchi faylni minglab kod «genlariga» ajratadi va maʼlum dasturlarning - legitim hamda zararli - 40+ mlrd fragmentlik bazasi bilan solishtiradi. Platforma avtomatik javob beradi: malware, trusted yoki suspicious - oilaga toʻliq atributsiya va APT bilan bogʻliqliklarni koʻrsatib.
Malware mualliflari noldan yozmaydi: ular ochiq instrumental toʻplamlardan loader, crypter, syscall-stub’larni qayta ishlatadi. Intezer ana shu fragmentlarni topadi.
Compile time yoki bitta baytning har qanday oʻzgarishi - va signatura ishlamaydi. Malware mualliflari semplni har kuni qayta yigʻadi.
Hash emas, bloklar semantikasi solishtiriladi. Qayta kompilyatsiya chalkashtirmaydi: genlarning 90% i oʻzgarishsiz qoladi.
Intezer Autonomous SOC EDR/SIEM/Email alertlaringizdan namunalarni avtomatik oladi, Genetic Analysis orqali oʻtkazadi, verdikt chiqaradi va keysni yopadi yoki eskalatsiya qiladi.
Intezer EDR yoki SIEM’ni almashtirishni talab qilmaydi. Tayyor konnektorlar orqali ulanadi va telemetriyangiz ustida ishlaydi.
Fayl biriktirilgan har qanday EDR/SIEM/Email alerti soniyalar ichida avtomatik tahlil qilinib, yopiladi yoki eskalatsiya qilinadi.
Intezer Endpoint Scanner xotira dampini oladi va fileless-implantlar, hollowing, process injection’ni topadi.
«BumbleBee’ga oʻxshash kod kuzatilgan barcha hostlarni top» - Intezer butun muhit boʻylab genlar boʻyicha qidiradi.
Aniqlangan noyob genlar asosida Intezer SIEM yoki EDR’ga joylashtirishga tayyor YARA-qoida yaratadi.
Ilovalar va payload tahlili, kampaniyalarni aniqlash va loader oilasi boʻyicha APT-guruh bilan bogʻlash.
Yangi vendor dasturini sotib olishdan oldin tekshirish: unda qanday komponentlar bor, maʼlum loader’lar bilan mosliklar bormi.
Litsenziyalarni yetkazib berish, mavjud EDR/SIEM stekiga integratsiyada yordam, triaj uchun playbooks yozish, L1 va L2 tahlilchilarni oʻqitish.
100 ta namunangiz va alertingizni olamiz, Intezer orqali oʻtkazamiz va hisobot koʻrsatamiz: qanchasi avtomatik yopiladi, qanchasi eskalatsiyaga ketadi, bitta alertga oʻrtacha vaqt qanday oʻzgaradi.